Mahbub
Amaliy PDF qo‘llanma • 3 bo‘lim • 83 bet

Nikohgacha

Umr yo‘ldoshingizni tanlashdan oldin bilishingiz kerak bo‘lgan eng muhim narsalar.

Munosib juft tanlash, o‘zingizni anglash va oilaviy hayotga ongli tayyorlanish uchun amaliy qo‘llanma.

  • Elektron PDF
  • 3 ta asosiy bo‘lim
  • 170 ta savol
  • Shaxsiy tahlillar
  • Tavsiya etilgan kitoblar
«Nikohgacha» qo‘llanmasi muqovasi
Tanish holat

Quyidagilarning nechtasi sizga tanish?

O‘qing va o‘zingizda qaysilari borligini aniqlang.

Aksariyat yoshlar aynan shu savollar bilan yolg‘iz qolishadi. Bu savollar oddiy ko‘rinsa ham, javoblar har doim ham oson emas.

  • Qanday inson bilan oila qurishni bilmayman.

    Atrofimdagilar har xil maslahat beradi. Ammo aynan menga qanday inson mosligini tushunmayman.

  • Kimdir yoqadi, lekin nima uchun yoqishini bilmayman.

    Bu haqiqiy moslikmi, vaqtinchalik hissiyotmi yoki shunchaki yaxshi taassurotmi?

  • Sovchilar keladi, ammo qanday qaror qilishni bilmayman.

    Qaysi jihatlarga e’tibor berish, nimalarni so‘rash va qanday xulosa chiqarishni bilmay qiynalaman.

  • Oila qurishni xohlayman, ammo tayyormanmi — bilmayman.

    Nikohdan nimalar kutayotganimni bilaman, lekin o‘zim oilaviy hayotga nimalar bera olishim haqida kam o‘ylaganman.

  • Nikoholdi uchrashuvda nima so‘rashni bilmayman.

    Muhim masalalarni muhokama qilish o‘rniga suhbat umumiy savol-javoblar bilan tugaydi.

  • Noto‘g‘ri tanlov qilishdan qo‘rqaman.

    Bir inson bilan butun umr yashashga qaror qilish oson emas. Xato qilishdan xavotirdaman.

Agar ushbu holatlardan bir nechtasi sizga tanish bo‘lsa…

Ehtimol, sizga yana ko‘proq maslahat emas, o‘zingiz uchun aniq javoblarni topishga yordam beradigan tizimli tayyorgarlik kerakdir.

Arka derazasi oldida o‘tirgan qiz tog‘ manzarasiga qarab turibdi
Muammoning ildizi

Nega munosib juft tanlash bunchalik qiyin?

Ko‘pincha muammo yaxshi insonlar yo‘qligida emas. Balki biz o‘zimizni, ehtiyojlarimizni va oilaviy hayotga bo‘lgan qarashlarimizni yetarlicha anglamaganimizdadir.

  1. 01O‘zimni yetarlicha tanimaymiz.

    Qadriyatlarimiz, xarakterimiz, kuchli va zaif tomonlarimiz haqida chuqur o‘ylab ko‘rmaganmiz.

  2. 02Nikohni ko‘proq his-tuyg‘ular orqali baholaymiz.

    Lekin oilaviy hayot uchun mas’uliyat, qadriyatlar va muammolarni hal qilish uslubi ham muhim.

  3. 03Oilaviy hayotga amaliy tayyorgarlik yetishmaydi.

    Nikoh haqida ko‘p eshitganmiz, lekin budjet, farzand tarbiyasi, mas’uliyat taqsimoti haqida qanchalik izlanganmiz?

Yechim

Nikohga tayyorgarlikning 3 bosqichi

Uzoq izlanishlar, suhbatlar va maslahatlar asosida nikohga tayyorgarlik uchun amaliy qo‘llanma ishlab chiqdik. Uning asosida uchta muhim yo‘nalish yotadi.

  1. 01 · Men

    O‘zimni anglayman

    «Men qanday insonman?»

  2. 02 · Oila

    Oilaviy hayotni o‘rganaman

    «Men qanday oilani xohlayman?»

  3. 03 · U

    Ongli tanlovga tayyorman

    «Menga qanday inson mos?»

Qo‘llanmaning asosiy farqi

Shunchaki o‘qimaysiz.
O‘z ustingizda ishlaysiz.

Oddiy kitobda muallifning fikrlarini o‘qiysiz. «Nikohgacha»da esa o‘z fikrlaringizni ham shakllantirasiz.

Daftarga savollarga javob yozayotgan qo‘llar, yonida bir piyola choy

Bizning maqsadimiz sizga tayyor javoblarni berish emas. To‘g‘ri savollar ustida ishlashishingizga yordam berish.

Oddiy o‘qish«Nikohgacha» bilan ishlash

  • Ma’lumot olasiz

    O‘zingizni tahlil qilasiz

  • Maslahatlarni o‘qiysiz

    Savollarga javob izlaysiz

  • Boshqalarning tajribasini bilasiz

    Odamlardan tajriba o‘rganasiz

  • Xulosa bilan tanishasiz

    Mustaqil xulosa chiqarasiz

  • O‘qishni tugatasiz

    Amaliy mashg‘ulotlar orqali hayotga tatbiq etasiz

Qo‘llanma ichida

3 bo‘lim. Yuzlab savollar. Shaxsiy tahlillar.

Har bir bo‘lim sizni o‘ylashga, izlanishga va o‘z hayotingiz uchun xulosalar chiqarishga undaydi.

Batafsil ko‘rish
  1. Ochiq daftar va ruchka0150 ta savol

    O‘zim bilan tanishuv

    • SWOT tahlil
    • Qadriyatlar jadvali
    • Xarakter ustida ishlash
    • Yakuniy savol
  2. Gul solingan guldon va choy piyolasi0260 ta savol

    Oila haqida

    • Yozma mashg‘ulotlar
    • Mustaqil izlanishlar
    • Hayotiy tajribalar
    • Yakuniy savol
  3. Ikkita oltin nikoh uzugi0360 ta savol

    Munosib juft tanlovi

    • Juft portreti
    • Tanlov matritsasi
    • Nikoholdi uchrashuv savollari
    • Yakuniy savol
Kitoblar ustidagi oq gullar solingan guldon

Sizga kerak, agar…

  • Hali oila qurmagan bo‘lsangiz.
  • Munosib juft tanlashda nimalarga e’tibor berishni bilmoqchi bo‘lsangiz.
  • O‘zingizni yaxshiroq anglashni istasangiz.
  • Nikoholdi uchrashuvga tayyorlanayotgan bo‘lsangiz.
  • Oilaviy hayot haqida amaliy bilim olishni xohlasangiz.

Sizga mos kelmasligi mumkin, agar…

  • Kim bilan turmush qurishingiz kerakligini boshqalar hal qilib berishini kutsangiz.
  • Savollarga javob yozish va izlanishga vaqt ajratmoqchi bo‘lmasangiz.
  • Qo‘llanmani bir marta o‘qib, natija kutayotgan bo‘lsangiz.
  • Nikoh mavzusiga jiddiy yondashishni xohlamasangiz.
Oxirgi qadam

«Nikohgacha»ni hoziroq oling.

Bir umrlik qarordan oldin o‘zingizga vaqt ajrating.

  • Elektron PDF
  • 3 ta asosiy bo‘lim
  • 170 ta savol
  • 83 betlik PDF
  • Tavsiya etilgan kitoblar
Qo‘llanmani olish
  • Tezkor yetkazib berish (Telegram)
  • Xavfsiz to‘lov
  • Shaxsiy foydalanish uchun
«Nikohgacha» qo‘llanmasi muqovasi
FAQ

Tez-tez beriladigan
savollar

Biz bilan bog‘laning

Qo‘llanma qaysi formatda taqdim etiladi?

Qo‘llanma 83 betlik elektron PDF formatida taqdim etiladi va Telegram orqali yuboriladi. Uni telefon, planshet yoki kompyuterda ochishingiz mumkin.

Qo‘llanmadan kimlar foydalanishi mumkin?

Hali oila qurmagan, munosib juft tanlashga va nikoholdi uchrashuvlarga tayyorlanayotgan, o‘zini yaxshiroq anglashni va oilaviy hayot haqida amaliy bilim olishni istagan har bir kishi.

Unda diniy ma’lumotlar bormi?

Qo‘llanma nikohga amaliy tayyorgarlikka bag‘ishlangan: unda 170 ta savol, shaxsiy tahlillar, yozma mashg‘ulotlar va tavsiya etilgan kitoblar ro‘yxati bor.

Savollarga javob yozish shartmi?

Qo‘llanma aynan shunday ishlash uchun yaratilgan: eng katta natija savollarga yozma javob berib, mustaqil xulosa chiqarganingizda bo‘ladi. Shunchaki o‘qib chiqish kutilgan natijani bermaydi.